14-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

14-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12.12.2024

14-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi
0-5° sovuq bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 15-16 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi.