13-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
11.12.2024
13-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-14 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduz 7-12° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 13-14 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 15 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.