12-14 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.12.2024

12-14 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12 dekabrda 5-10° sovuq, 13-14 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12 dekabrda 5-10° sovuq, 13-14 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 13 dekabrda kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 14 dekabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 13 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi
3° sovuq-2° iliq; 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi, 13-14 dekabrda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.