9 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 9-11 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.Havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha, himolda kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.
9 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° sovuq bo‘ladi.