8 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 8-11 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari
8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi. 8 dekabrda respublika bo‘yicha
ba’zi joylarda qor yog‘adi. 8 dekabrda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
8 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent,Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Farg’ona vodiysi viloyatlarida ertalab, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Yo’llarda yaxmalak kuzatilinadi. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 0-5° sovuq, shimolda 2-7° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida biroz qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoldan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° sovuq bo‘ladi.