7 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.12.2024
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 8-11 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.Havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari
8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi. 8 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi.
8 dekabrda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida va respublikaning cho’l hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol
sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishimumkin. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.