Yilning oxirgi oyi. Dekabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Yilning oxirgi oyi. Dekabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

29.11.2024

 

Dekabr - qishning birinchi oyi bo‘lib, u odatda sovuq va qorli ob-havo bilan kuzatiladi.

Biroq, O‘zbekistonda dekabr oyi har doim ham shunday bo‘lmaydi.

So‘nggi 50 yil ichida 1984 yil dekabr oyi eng sovuq bo‘ldi. 
Respublika hududining katta qismida sovuq havoning eng yuqori cho‘qqisida havo harorati 20-25o sovuqqacha, ba’zi joylarda 27o sovuqqacha, eng chekka janubda 
9-14o sovuqqacha pasaydi. Oyning katta qismida sovuq havo hatto kunduz kunlari ham saqlanib turdi.

1984 yil dekabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yordan 7-12o ga past bo‘ldi. Bunday ahamiyatli harorat anomaliyasi juda kamdan kam hollarda uchraydi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun shunga o‘xshash dekabr oylari 1877 va 1920 yillarda kuzatilgan.

Oxirgi 50 yil ichida 2021 yil dekabr oyi eng iliq bo‘ldi (me’yordan 
2-4o ko‘p). Eng iliq kunlarda havo harorati 20-25o iliqqacha, janubda 26-28o iliqqacha ko‘tarildi.

Respublikaning ayrim hududlarida 2021 yil dekabr oyida maksimal havo harorati meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

 

 

O‘rtacha oylik havo haroratining me’yordan og‘ishi

 

O‘tgan 2023 yil dekabr oyi haroratning kuchli o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonda qish oylarida haroratning o‘zgarishi odatiy hodisa bo‘lsa-da, ular ayniqsa o‘tgan yilning dekabr oyida sezilarli bo‘ldi.

Dekabr oyining boshida va uchinchi o‘n kunligida havo harorati 
18-23o iliqqacha, janubda 24-26o iliqqacha ko‘tarildi. Oyning o‘rtalarida esa Arktika hududidan kirib kelgan sovuq to‘lqinlar respublika hududining katta qismida haroratni pasaytirdi.

Havo harorati kechalari 16-21o sovuqqacha, shimolda ba’zi joylarda 
22-25o sovuqqacha pasaydi.

Respublika hududining katta qismida 2023 yil dekabr oyida kunduzgi eng yuqori va eng past harorat o‘rtasidagi farq 30-35o ni tashkil etadi. Shunday qilib, Toshkentda 4-6 dekabr va 23-25 dekabr kunlari kunduzgi havo harorati 
19-22o iliqni tashkil etdi, 12-13 dekabrda esa 5-8o sovuq atrofida bo‘ldi.

 

So‘nggi 50 yil (1974-2023 yy.) uchun dekabr oyida

minimal i maksimal havo harorati (oS)

 

Meteostansiyalar nomi

Minimal

harorat

Maksimal

harorat

Toshkent

-19,01974

25,91989

Nukus

-28,11976

19,61980

Urganch

-26,21976

21,32023

Buxoro

-24,9/  1984

26,41987

Navoiy

-22,61984

25,12021

Nurafshon

-19,52023

26,91989

Samarqand

-18,11990

27,52015

Jizzax

-23,01984

27,71989

Sirdaryo

-23,51984

23,11989

Qarshi

-19,7/  1990

30,51987

Termiz

-18,42002

26,71987

Andijon

-22,21984

17,31983

Namangan

-20,11984

17,11983

Farg‘ona

-18,21984

17,61990

 

Dekabr oyida yog‘ingarchilik noyabr oyiga nisbatan odatda 1,5-3 marta, cho‘l zonasida va respublika janubida esa 4-6 marta ko‘p bo‘lishi kuzatiladi. Tekislik hududlarda yog‘ingarchilik ham yomg‘ir, ham qor shaklida yog‘adi, tog‘larda esa odatda qor qoplamining faol shakllanishi kuzatiladi.

Bu asrda 2002 yil dekabr oyida yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lgan edi. Hududning katta qismida o‘sha dekabr oyida me’yordan 1,5 dan 3 gacha bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yog‘ingarchilik asosan qor shaklida kuzatildi. Respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha qor qoplami deyarli oy davomida qisqa tanaffuslar bilan yerni qopladi, qorning maksimal balandligi esa 20-30 sm ga, tog‘larda 70-100 sm ga yetdi.

Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qolgan oylarga qaraganda dekabr oyi, noyabr oyi kabi, global isishga kamroq moyil.

Bu yil dekabr oyi qanday bo‘ladi? Haqiqiy qish ob-havosi bo‘ladimi? 
Yoki O‘zbekistonda tez-tez kuzatilgani kabi, dekabr oyining ob-havosida 
iliq davrlar hukum suradimi?

Oyning birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi. 

Havo harorati asosan kechalari 3o sovuq-2o iliq, kunduz kunlari 3-8o iliq, ba’zi joylarda 10o iliqqacha, shimolda kechalari 3-8o sovuq, kunduz kunlari 2-7o iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

1 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 2 dekabrda ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi kutilmoqda.

Keyinchalik deyarli birinchi o‘n kunlikning oxirigacha (3-8 dekabr) O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi va faqat o‘n kunlik oxirida (9-10 dekabr) respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 
0-5o sovuqdan 2-7o iliqqacha, kunduz kunlari 3-8o iliqdan 10-15o iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida harorat kechalari 5-10o sovuqqacha, kundu kunlari 
0-5o sovuqqacha pasayadi. Shimolda harorat kechalari 8-13o sovuqdan, ba’zi joylarda 15-17o sovuqdan 3o sovuq-2o iliqqacha, kunduz kunlari 2o sovuq-3o iliqdan 
3-8o iliqqacha o‘zgarib turadi.