O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 29 NOYABR-1 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
29.11.2024
Bir necha kun kuzatilgan juda iliq va quruq ob-havodan so‘ng,
bugungi kundan boshlab O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi ududlaridan nam
va sovuq havo masslari kirib kelishi boshlandi.
Bugun va dam olish kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr-1 dekabrda
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi. Kechagi 20-23о daraja iliqdan so‘ng, bugun kunduzi harorat 10-15о daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 3-8о daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 29 noyabr-1 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 1 dekabrda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Bugun kunduzi harorat 13-15о daraja iliq, ertaga 30 noyabrda 7-9о daraja iliq, yakshanda kuni 1 dekabrda
5-7о daraja iliq bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 5-7о daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
2024 yil 29 noyabr
O‘zgidromet