29 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.11.2024

MUHIM HODISALAR

29 noyabr-2 dekabr kunlari respublika bo’yicha vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg’ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 1-2 dekabrda kechalari 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduz kunlari 3-8° iliqqacha, shimoldakechalari 3-8° sovuqqachakunduz kunlari 2° sovuq 3° iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 noyabr-1 dekabrda  respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin..

29 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Xorazm viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.