30 NOYABR-2 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

30 NOYABR-2 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

28.11.2024

30 NOYABR-2 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 2 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 1 dekabrda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 2 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq; 2 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq: shimolda va cho‘l hududlarda 30 noyabr-1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 2 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 2 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.  

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 2 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 2 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 2 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.  

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 30 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 2 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-
2° iliq bo‘ladi.