26-28 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
24.11.2024
26-28 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin . Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 26 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 27 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq,
28 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26-27 noyabrda 2-7° iliq, 28 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 26-27 noyabrda 17-22° iliq, 28 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 26-27 noyabrda 10-15° iliq,
28 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.