23-25 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

23-25 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

21.11.2024

23-25 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 25 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 23-24 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 noyabrda 2-7° iliq, 24-25 noyabrda 0-5° iliq kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 noyabrda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 nyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 24-25 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.