20 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.11.2024

20 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida, ertalab Toshkent viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab biroz yomg’ir yog’ishi mumkin, kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.