18 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.11.2024
MUHIM HODISALAR
18 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Toshkent viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat 15-20° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.