19-21 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
17.11.2024
19-21 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-20 noyabrda 12-17° iliq, 21 noyabrda 10-15° iliq, Navoiy viloyatining shimolda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-20 noyabrda 12-17° iliq,
21 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 va 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq,
kunduzi 19-20 noyabrda 17-22° iliq, 21 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 19-20 noyabrda ba’zi joylarga kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2° sovuq,-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.