12-14 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.11.2024

12-14 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 13 noyabrda kechasi 0-5° iliq,
ba’zi joylarda 2° sovuq gacha, kunduzi 3-8° iliq; 14 noyabrda kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi faqat 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 14 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuq gacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 noyabrda
kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 14 noyabrda kechasi 
0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuq gacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 4-9° iliq,
kunduzi 14-19° iliq; 13 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 14 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 
10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi 13-14 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 12 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 
14 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 noyabrda ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 12 noyabrda kechasi 2° sovuq 3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 13 noyabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 14 noyabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.