O‘ZBEKISTON O‘YICHA 2024 YIL 8-10 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.11.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 8-13o iliq, ba’zi joylarda 15o iliqqacha, kechalari 0-5o iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi
biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor)
bo‘lishi mumkin.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kautilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari 0-3o iliq, kunduz kunlari 10-13o iliq bo‘ladi.
2024 yil 8 noyabr
O‘zgidromet