8 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 7 noyabr soat 20 dan 8 noyabr soat 20 gacha

8 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 7 noyabr soat 20 dan 8 noyabr soat 20 gacha

07.11.2024

MUHIM HODISALAR

Ushbu yilning 6-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

7-8 noyabrda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari  yuzaga kelishi mumkin.

8 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 7 noyabr soat 20 dan 8 noyabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.