7 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.11.2024

MUHIM HODISALAR

Ushbu yilning 7-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

7-8 noyabrda havo harorati kechalari 0-5o iliqqacha, ba’zi joylarda 3o sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10o iliqqacha pasayadi.

7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

7 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), tuman tushishi mumkin.. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3°sovuq-2° iliq bo‘ladi.