O‘ZBEKISTONDA O‘TGAN OKTABR OYI QANDAY BO‘LDI

O‘ZBEKISTONDA O‘TGAN OKTABR OYI QANDAY BO‘LDI

06.11.2024

O‘ZBEKISTONDA O‘TGAN OKTABR OYI QANDAY BO‘LDI

2024 yil oktabr oyi harorat tartibi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi, faqat respublikaning eng chekka janubida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1,5-2o ga yuqori bo‘ldi.

Oyning birinchi o‘n kunligi havo juda iliq bo‘lishi kuzatildi.

Kunduzgi havo harorati asosan 23-28o atrofida bo‘ldi. Eng iliq kunlarda havo 
30-32o gacha, janubda 34-36o gacha isidi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo haroratining keskin o‘zgarib turishi kuzatildi.

Iliq to‘lqinlar davrida kunduzi havo 28-31o gacha, janubda 32-34o gacha isidi, sovuq havo kirib kelgan davrlarda esa harorat 10-15o gacha pasaydi.

Eng sovuq kechalarda termometr ustuni 2-5o iliqqacha pasaydi, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida esa 1-3o sovuqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida 4-6o sovuqqacha bo‘lgan birinchi kuzgi sovuqlar kuzatildi.

 

O‘tgan oktabr oyidagi maksimal va minimal haroratlar o‘zining ekstremal qiymatlaridan uzoq bo‘ldi.

Jadvalda o‘tgan oktabr oyidagi minimal va maksimal havo harorat qiymatlari meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun oktabr oyidagi mutlaq minimal 
va maksimal haroratlar bilan taqqoslanishi ko‘rsatilgan.

 

Meteostansiya

2024 yil oktabr oyi minimal harorati

Oktabr oyida mutlaq minimal

harorat

2024 yil oktabr oyi maksimal harorati

Oktabr oyida mutlaq maksimal

harorat

Toshkent

2,6

-11,2 /1909

30,2

37,5 /1941

Nukus

-2,7

-15,0 /1987

28,6

34,7 /1989

Urganch

-2,8

-11,2 /1987

29,2

35,3 /1989

Buxoro

1,4

-8,4 /1987

31,0

37,8 /2015

Navoiy

0,0

-7,8 /1969

31,0

37,0 /2015

Nurafshon

3,1

-5,0 /1987

29,6

36,5 /1983

Samarqand

2,5

-9,5 /1909

32,2

35,2 /2011

Jizzax 

2,4

-7,6 /1929

29,6

36,9 /1941

Sirdaryo

0,6

-8,7 /1964

29,7

37,8 /1941

Qarshi

3,7

-7,2 /1953

34,4

38,5 /2015

Termiz

6,7

-4,5 /1949

35,6

38,0 /1901

Andijon

2,3

-12,0 /1987

28,5

33,8 /2013

Namangan

3,1

-5,3 /1949

27,6

34,0 /2009

Farg‘ona

3,5

-7,4 /1987

28,8

32,6 /2013

2024 yil oktabr oyi juda yomg‘irli bo‘ldi. 

Respublika hududining katta qismida yomg‘ir oktabroyida odatdagidan tez-tez yog‘di va yog‘ingarchilikmiqdori oylik me’yordan 2-4 marta ko‘p bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysi hududining katta qismida, Qizilqum cho‘lining ayrim joylarida va Nurota tizmasi hududida 2024 yil oktabr oyida yog‘gan yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha barcha kuzatuv qatorlari uchun eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan uchlikka kirdi.

Oktabr oyida odatda juda kam yomg‘ir yog‘adigan ayrim qurg‘oqchil hududlarda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 6-8 marta (Navoiy va Qorako‘l meteostansiyalari hududida), Buxoro meteostansiyasi hududidaeesa 14 marta ko‘p bo‘ldi.

Ushbu hududlarda2024 yiloktabroyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yomg‘irli bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining qator tumanlarida va Qizilqum cho‘lining g‘arbiy qismidagi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik me’yodan kam bo‘lishi kuzatildi.

Eng jadal jala yomg‘irlar 14-16 oktabr kunlari bir qator viloyatlarda yog‘ib o‘tdi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlarining ko‘pchilik hududlarida, Samarqand, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida bir kecha-kunduzda 
20 mm dan 37 mm gacha, ayrim joylarda 40-46 mm gacha, tog‘ oldi va tog‘lari hududlarda 55-76 mm gacha, Qamchiq dovoni hududida 109 mm gacha yog‘di.

Shu kunlarda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida va Qamchiq dovoni hududida ushbu mavsumdagi birinchi qor qoplami qayd etildi. Baland tog‘li hududlarda qor balandligi 15-20 sm ga yetdi. 

Meteorologik kuzatuvlarning butun tarixi davomida oktabr oyida ushbu kunlarda ba’zi joylarda bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori rekordlari yangilandi.

 

Meteostansiya

2024 yil oktabr oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori

Barcha kuzatuv yillari uchun oktabr oyida maksimal 

bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori

Toshkent viloyati

Kokoro

46

37

Olmaliq

46

31

Angren

76

61

Dukant

70

60

Sirdaryo viloyati

Guliston

34

28

Jizzax viloyati

G‘vallaorol

43

40

Namangan viloyati

Namangan

36

32

Pop

37

29

Kosonsoy

55

38

Qamchiq

109

87

 

Oyning ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman kuzatildi.

Janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha bo‘lganda, chang-to‘zonlar kuzatildi.

 

Shuni aytish joizki, joriy yilning oktabr oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonga haqiqiy kuz kirib keldi.