6 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
06.11.2024
MUHIM HODISALAR
Ushbu yilning 6-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
7-8 noyabrda havo harorati kechalari 0-5o iliqqacha, ba’zi joylarda 3o sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10o iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tog’larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi.
6-7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishimumkin.
6 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Surxondaryo viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin.. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.