7-9 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
05.11.2024
7-9 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8-9 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8-9 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, cho‘l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-8 noyabrda 5-10° iliq, 9 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 noyabrda 2-7° iliq, 8-9 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-8 noyabrda 5-10° iliq, 9 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7 noyabrda 5-10° iliq, 8-9 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 7-8 noyabrda 10-15° iliq, 9 noyabrda 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 noyabrda 2-7° iliq, 8 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 7 va 9 noyabrda 7-12° iliq, 8 noyabrda 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 8-9 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 noyabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 8-9 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.