6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 5 noyabr soat 20 dan 6 noyabr soat 20 gacha
05.11.2024
MUHIM HODISALAR
Ushbu yilning 5-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
7-8 noyabrda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 noyabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, tog’larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi.
5-7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 5 noyabr soat 20 dan 6 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15° iliq, kunduzi 6-8° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.