5 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
05.11.2024
MUHIM HODISALAR
Ushbu yilning 5-8 noyabr kunlari O’zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
7-8-noyabrda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 noyabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, tog’larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi.
5-7 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishimumkin.
5 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Surxondaryo viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda va cho’l hududlarda 20-23m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.