O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-8 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-8 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.11.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-8 NOYABR KUNLARIGA 
OB-HAVO PROGNOZI

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida noyabr oyining boshi uchun deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 20-25o iliq atrofida bo‘ladi. Faqat respublika shimolida havo harorati 8-13o iliqqacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Ertadan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati asta–sekin pasyishi boshlanadi. 

Havo harorati 5 noyabrda kunduzi 13-18o iliq, 6 noyabrda 10-15o iliq atrofida bo‘ladi, 7-8 noyabrda esa harorat 5-10o iliqqacha pasayadi.

Kechalari sovuq bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 7-8 noyabr kunlari harorat kechalari 0-5o iliqqacha, ba’zi joylarda 2o sovuqqacha, Ustyurtda 
3-4o sovuqqacha pasayadi.

5-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

7-8 noyabrda hududning katta qismida yomg‘ir kuzatilmaydi. 7 noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida, shuningdek, 7-8 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), 5-6 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-8 noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.

 

Poytaxtimizda: bugun 4 noyabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, 
5-6 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7-8 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5 noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati bugun kunduzi 23-25o iliq, 5 noyabrda 15-17o iliq, 
6 noyabrda 10-12o iliq, 7-8 noyabrda 7-10o iliq bo‘ladi.

5-6 noyabrda kechalari 10-12o iliq, 7 noyabrda 4-6o iliq, 8 noyabrda 
0-3o iliq bo‘ladi.

 

 

2024 yil 4 noyabr

O‘zgidromet