4-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
02.11.2024
4-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi. Harorat 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 5 noyabrda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, 4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 4 noyabrda 20-25° iliq, 5 noyabrda 13-18° iliq, 6 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5-6 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,
4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi
4 noyabrda 20-25° iliq, 5 noyabrda 13-18° iliq, 6 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 4 noyabrda 24-29° iliq; 5-6 noyabrda 17-22° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 4 noyabrda 24-29° iliq; 5-6 noyabrda 10-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 5 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 6 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 5-6 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 5-6 noyabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.