3-5 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
01.11.2024
3-5 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 5 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3-4 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 5 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3-4 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 5 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 3 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq; 4 noyabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 24-29° iliq; 5 noyabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 5 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 noyabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi), 5 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 4 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 5 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.