2-4 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
31.10.2024
2-4 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 2 noyabrda 15-20°, 3 noyabrda 18-23°, 4 noyabrda 10-15° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 noyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22°, 3-4 noyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 noyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°, 3-4 noyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 noyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 3 noyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 4 noyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 2 noyabrda 15-20°, 3 noyabrda 18-23°, 4 noyabrda 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 va 4 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 2 noyabrda 8-13°, 3 noyabrda 10-15°, 4 noyabrda 13-18° bo‘ladi.