O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 25-27 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 25-27 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.10.2024

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

25 oktabrda kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

26 oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar bo‘yicha kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 

27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduzi 25 oktabrda 18-23o, 26 oktabrda 13-15o, 27 oktabrda 17-19o atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

 

Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun yomg‘ir yog‘adi. 26 oktabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 7-10o, kunduz kunlari 25 oktabrda 21-23o, 26 oktabrda 12-14o, 27 oktabrda 17-19o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 25 oktabr

O‘zgidromet