27-29 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
25.10.2024
27-29 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 28-29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 28 oktabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10°; 29 oktabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10°, Ustyurtda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19°; 28 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 8-13°; 29 oktabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13°, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 0-5° iliq, ba’zi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 27 oktabrda 14-19°, 28 oktabrda 8-13° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 1-6° iliq, kunduzi 27 oktabrda 15-20°, 28-29 oktabrda 10-15° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 0-5° iliq, kunduzi 27 oktabrda 13-18°, 28 oktabrda 10-15°, 29 oktabrda 8-13° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13°; 28 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 29 oktabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.