25-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

23.10.2024

25-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi
25-26 oktabrda 14-19°, 27 oktabrda 12-17° bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 25 oktabrda 15-20°, 26 oktabrda 12-17°, 27 oktabrda 14-19° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 25 oktabrda 15-20°, 26 oktabrda 13-18°, 27 oktabrda 14-19° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 25 oktabrda 18-23°, 26-27 oktabrda 15-20° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 25 oktabrda 14-19°,
26-27 oktabrda 13-18° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 oktabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16°; 26 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13°; 27 oktabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.