24-26 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
22.10.2024
24-26 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi
24 va 26 oktabrda 13-18°, 25 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 24 va 26 oktabrda 13-18°, 25 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 oktabrda 7-12°, 25-26 oktabrda 5-10°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 23 va 25 oktabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 oktabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 25 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°; 26 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° bo‘ladi.