22 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.10.2024
22 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon yomg’ir yog’adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.. Harorat 12-17° bo‘ladi.