23-25 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
21.10.2024
23-25 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°,
25 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 va 25 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 24 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19°bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 10-15°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19°bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 12-17°; 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 10-15°, 24 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi va kunduzi 6-11° iliq; 24 oktabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 25 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°bo‘ladi.