20-22 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
18.10.2024
20-22 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23°; 21 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 22 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 oktabrda kechasi 7-12°; kunduzi 23-28°, 21 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 22 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 oktabrda kechasi 7-12°; kunduzi 23-28°, 21 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 22 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 oktabrda 25-30°; 21 oktabrda 20-25°, 22 oktabrda 17-22° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-21 oktabrda 21-26°, 22 oktabrda 17-22° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 oktabrda yoingarchilik kutilmaydi. 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
21-22 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°; 21 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 13-18°; 22 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.