18-20 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
16.10.2024
18-20 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°; 20 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq; kunduzi 20-25°; 19-20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°; 19 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°; 20 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°; 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yoingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10°; 19 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°; 20 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.