16 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.10.2024
MUHIM HODISALAR
16-17 oktabr kunlari respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
16-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8o iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2o sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18o gacha asta-sekin pasayadi.
16 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.
16 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi,. faqat kunning birinchi yarmida Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 11-16° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yo’ingarchilik bo’ladi (yomg’ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin.Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° bo‘ladi.