15 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.10.2024

MUHIM HODISALAR

15-17 oktabr kunlari respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

15-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8o iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2o sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18o gacha asta-sekin pasayadi.

15 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.

15-16 oktabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’di, ayrim joylarda kuchli yomg’ir yog’ishi mumkin, baland tog’li hududlarda yomg’ir qorga aylanadi.

15 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 11-16°, shimolda 8-13° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° bo‘ladi.