14 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.10.2024
MUHIM HODISALAR
14-17 oktabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
14-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
14-15 oktabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.
14 oktabrda Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
14 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 13-18° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° bo‘ladi.