15-17 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
13.10.2024
15-17 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 15-16 oktabrda ba’zi joylarda 2° sovuq gacha, kunduzi 15 oktabrda 8-13°, 16 oktabrda 12-17°, 17 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-16 oktabrda 13-18°; 17 oktabrda 15-20°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, 15-16 oktabrda ba’zi joylarda 2° sovuq gacha kunduzi 15 oktabrda 8-13° iliq, 16 oktabrda 12-17°, 17 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16-17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
15 oktabrda 6-11°, 16-17 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16-17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
15 oktabrda 8-13°, 16-17 oktabrda 4-9° iliq, kunduzi 15-16 oktabrda 17-22°, 17 oktabrda 18-22° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 12-17°; 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°, 17 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 17 oktabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.