14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 13 oktabr soat 20 dan 14 oktabr soat 20 gacha

14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 13 oktabr soat 20 dan 14 oktabr soat 20 gacha

13.10.2024

MUHIM HODISALAR
13-14 oktabrda Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Joriy yilning 13 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 14-17 oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15 oktabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.
14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 13 oktabr soat 20 dan 14 oktabr soat 20 gacha 
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 15-17° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 0-2° sovuq, kunduzi 8-13° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 1-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 1-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° bo‘ladi.