14-16 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

14-16 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12.10.2024

14-16 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15°, 16 oktabrda 12-17° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 oktabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktabrda 5-10°, 15-16 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 13-18°; 16 oktabrda 15-20°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15° iliq, 16 oktabrda 12-17° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 13-18°; 16 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATIDA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 
18-23° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATIDA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-15°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 
14 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14-15 oktabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktabrda kechasi va kunduzi 5-10°, 15 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.