12 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.10.2024

MUHIM HODISALAR
11 oktabr va 13-14 oktabrda Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Joriy yilning 13 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 14-17 oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15 oktabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.
12 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazmviloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarining 
ba’zi joylarida biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 
ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.