13-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
11.10.2024
13-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 13 oktabrda 3-8° iliq, 14-15 oktabrda 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14-15 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
13 oktabrda 8-13°, 14-15 oktabrda 5-10°, kunduzi 13-14 oktabrda 17-22°; 15 oktabrda 14-19°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 13 oktabrda 3-8° iliq, 14-15 oktabrda 0-5° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-14 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 14 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 15 oktabrda kechasi 8-13°,
kunduzi 13-18° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 oktabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi 13-18°, kunduzi 22-27°; 14-15 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 13 oktabrda 20-25°, 14-15 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°, 14 oktabrda kechasi
5-10°, kunduzi 8-13°, 15 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° bo‘ladi.