11 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.10.2024
11 oktabr va 13-14 oktabrda Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
11 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg’ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi,
ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s
gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.