12-14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.10.2024

12-14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13-14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 16-21°; 13 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15°; 14 oktabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi. 
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13-14 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-13 oktabrda 10-15°, 14 oktabrda 5-10°, kunduzi 12 oktabrda 20-25°; 13-14 oktabrda 15-20° bo‘ladi. 
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 13 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 14 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 oktabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 13 oktabrda kechasi 13-18°, kunduzi 22-27°; 14 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 12-13 oktabrda 20-25°, 14 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 12-13 oktabrda 10-15°, 14 oktabrda 8-13° bo‘ladi.