11-13 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

09.10.2024

11-13 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12-13 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23°; 12 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°; 13 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23°; 12 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°; 13 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11-12 oktabrda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°
13 oktabrda kechasi
10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 13 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 oktabrda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 11-12 oktabrda 25-30°, 13 oktabrda 22-27° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmayd. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11 oktabrda 22-27°,
12-13 oktabrda 20-25°bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.