5 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.10.2024

5 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida ertalab biroz yomg’ir yog’ishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlaring ba’zi joylarida yomg’ir yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarad chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.