6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.10.2024

6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 6 oktabrda 10-15°, 7-8 oktabrda 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 oktabrda ba’zi joylarida yomg’ir yog’adi, 7-8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 7-8 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. 
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 6 oktabrda 11-16°, 7-8 oktabrda 9-14°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 oktabrda ba’zi joylarida yomg’ir yog’adi, 8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 oktabrda 10-15°, 8 oktabrda 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 oktabrda vaqtim-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 6 oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. 6-7 oktabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6-7 oktabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumikn. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 oktabrda 5-10°, 7-8 oktabrda 2-7°, kunduzi 6 oktabrda 10-15°,
7-8 oktabrda 13-18° bo‘ladi.