4 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.10.2024
4 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm ,Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarad chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-31° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 11-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 17-22° bo‘ladi.